USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tailandda futbolçi çaqmoq urişi oqibatida vafot etdi

86 марта
Таиландда футболчи чақмоқ уриши оқибатида вафот этди

Tailand janubida ötkazilgan futbol uçraşuvi vaqtida çaqmoq urişi oqibatida bir futbolçi halok böldi, yana 9 nafar sportçi jarohat oldi. Bu haqda “Bangkok Post” naşri xabar berdi.

Hodisa joriy yilning, 4 avgust kuni Naratxivat provintsiyasida bölib ötgan Golok FA Cup 2026 mintaqaviy turniri doirasida sodir bölgan. Musobaqada Tailand va Malayziya jamoalari iştirok etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda maydonga çaqmoq urilgani va uning ortidan bir neçta futbolçilarning yerga qulaganini köriş mumkin.

Halok bölgan futbolçi 24 yoşli tailandlik Sofvan Ave ekani malum qilindi. Uning jamoadoşlari maydonning özida birinçi tibbiy yordam körsatişga uringan, ammo uning hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan.

Çaqmoq urişi oqibatida yana 8 nafar tailandlik futbolçi turli darajada jarohat olib, şifoxonaga yotqizilgan. Şuningdek, bir nafar malayziyalik futbolçi ham jarohat olgan. Unga tibbiy yordam körsatilganidan söng, uyiga javob berilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Malayziyaning Malakka şahrida bölib ötgan örtoqlik uçraşuvi vaqtida futbolçi R.Taneş çaqmoq urişi oqibatida vafot etgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: