USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Öyin vaqtida çaqmoq urgan futbolçi vafot etdi

441 марта
Ўйин вақтида чақмоқ урган футболчи вафот этди

Malayziyaning Malakka şahrida bölib ötgan örtoqlik uçraşuvi vaqtida futbolçi R. Taneş çaqmoq urişi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Astro Awani” naşri xabar berdi.

28 yoşli Taneş “Tanjung Minyak” klubi safida “Rembau Indian Veteran” jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşgan. Bahs mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da boşlangan. Uçraşuv boşlanganidan ön daqiqa ötib yengil yomğir yoğa boşlagan, ortidan esa momaqaldiroq gumburlagan. Şu paytda Taneş, hakam hamda yana bir kişi maydonda yiqilgan.

Politsiya malumotiga köra, futbolçining tanasining pastki qismi qattiq kuygan. U huşsiz holatda şaxsiy avtomaşinada şifoxonaga olib borilgan, ammo şifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Hakam ham şifoxonaga yotqizilgan, uçinçi jabrlanuvçiga esa tibbiy yordam talab etilmagan.

Malayziya futbol assotsiatsiyasi (FAM) marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirib, mahalliy futbol assotsiatsiyasi hamda uçraşuv taşkilotçilaridan hodisa yuzasidan töliq hisobot taqdim etişni talab qilgan.

“Bu voqea futbol jamoatçiligi uçun xavfsizlik har doim eng ustuvor masala bölişi kerakligini yana bir bor eslatadi. Biz real vaqt rejimida xavf haqida ogohlantira oladigan çaqmoqni aniqlaş tizimlaridan foydalanişni qöllab-quvvatlaymiz. Ob-havo şaroiti sababli öyinni töxtatiş yoki boşqa vaqtga qoldiriş — bu masuliyatli qaror, zaiflik alomati emas”, dedi FAM boş kotibi Datuk Nur Azman Rahmon.

Eslatib ötamiz, avvalroq Argentinada futbol öyini vaqtida 14 yoşli futbolçi kökragiga töp tegişi oqibatida vafot etgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: