Rasman! Diomande “Real” safiga qöşildi
Kot-d’Ivuar terma jamoasi yarim himoyaçisi Yan Diomande Germaniyaning “RB Leyptsig” klubidan Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasiga köçib ötdi. Bu haqda madridliklar matbuot xizmati rasman malum qildi.
Futbolçi bilan tuzilgan şartnoma 2033 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Malumotlarga köra, “Real Madrid” Diomande uçun “RB Leyptsig”ga 125 million yevro hamda qöşimça 15 million yevro bonus tölaydi. Şu tariqa, bu transfer klub tarixidagi eng qimmat bitimga aylandi.
Diomande transferi, şuningdek, Afrika futboli tarixidagi eng qimmat transfer sifatida ham qayd etildi. Bu boradagi avvalgi rekord 2019 yildan beri Kot-d’Ivuarlik Nikolya Pepega tegişli edi. U öşa yili Frantsiyaning “Lill” klubidan Angliyaning “Arsenal” jamoasiga 80 million yevro evaziga köçib ötgan.
Diomande “Real Madrid”ning joriy transfer oynasidagi oltinçi yangi futbolçisi böldi. Undan avval jamoa Ibrahima Konate, Denzel Dumfris, Mark Kukurelya, Bernardu Silva va Karlos Espini öz safiga qöşib olgan edi.
Malumot uçun, 19 yoşli Diomande 2025 yil yozida Ispaniyaning “Leganes” klubidan “RB Leyptsig” safiga ötgan edi. U nemis klubi tarkibida barça musobaqalarda 36 ta uçraşuvda iştirok etib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oşirdi.
Kot-d’Ivuar terma jamoasi safida esa 14 ta öyinda maydonga tuşib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bölgan. Şuningdek, 2026 yilgi Jahon çempionatida 4 ta uçraşuvda qatnaşib, bitta gol urgan.