“Real Madrid” Rodri transferi böyiça muzokaralarni vaqtinça töxtatdi
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi “Mançester Siti” klubi yarim himoyaçisi Rodri transferi böyiça muzokaralarni vaqtinça töxtatdi. Bu haqda AS naşri xabar berdi.
Manbaga köra, buning asosiy sababi klubning boşqa transfer masalalariga etibor qaratayotgani, xususan, “RB Leyptsig” hujumçisi Yan Diomande transferini yakunlaşga ustuvor ahamiyat berayotganidir.
Xabar qilinişiça, Kot-d’Ivuar terma jamoasi futbolçisi bilan beş yillik şartnoma böyiça kelişuvga erişilgan. Klub transferni imkon qadar tezroq rasmiylaştirişni rejalaştirmoqda.
Diomande böyiça kelişuv hafta boşidayoq yakunlanişi kutilgan edi. Biroq klublar örtasidagi ayrim kelişmovçiliklar tufayli jarayon keçikdi. Şu sababli rejalaştirilgan Rodri transferi böyiça muzokaralar ortga surildi. Şunga qaramay, “Real Madrid”ning Rodrini öz safiga qöşib oliş rejasi özgarişsiz qolmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Real Madrid” jamoasi “Mançester Siti” klubi yarim himoyaçisi Rodrining transferi böyiça 50–60 million yevrolik ilk rasmiy taklifini tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi.