Mourino “Real”da qattiy qoidalarni joriy qildi
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino jamoada yangi içki tartib-qoidalarni joriy qildi. Bu haqda AS naşri xabar berdi.
Manbaga köra, portugaliyalik mutaxassis futbolçilarning intizomi, ovqatlanişi va jarohatlardan tiklanişi ustidan nazoratni kuçaytirgan.
Endilikda futbolçilar uçun nonuşta va boşqa ovqatlar menyusini klub diyetologi belgilaydi. Avval futbolçilar taomlarni özlari tanlaş imkoniyatiga ega bölgan bölsa, endi bu jarayon qatiy nazorat qilinadi. Mourino, şuningdek, futbolçilar va murabbiylar ştabi azolari birgalikda tuşlik qilişini talab qilgan.
Yangi qoidalar intizom masalasiga ham taalluqli. Futbolçilar maşğulot boşlanişidan kamida bir soat oldin klub bazasiga yetib kelişi şart. Keçikkanlar pul jarimasiga tortilmaydi, ammo jamoadan alohida ravişda maşğulotlar zalida individual maşğulot ötkazadi. Uşbu qoida barça futbolçilarga istisnosiz tatbiq etiladi.
Mourino jarohatdan tiklaniş jarayoniga qöyiladigan talablarni ham kuçaytirgan. Endi jarohatlangan futbolçilar ertalab va keçqurun klub bazasida reabilitatsiyadan ötişi şart. Klubdan taşqarida mustaqil ravişda davolanişga ruxsat berilmaydi.
Manba malumotiga köra, yangi tartib-qoidalar jamoa azolari tomonidan xotirjam qabul qilingan va futbolçilar orasida norozilikka sabab bölmagan.