Lukaku Turkiya klubiga ötişga rozi böldi
Italiyaning “Napoli” jamoasi hujumçisi Romelu Lukaku Turkiyaning “Fenerbahçe” klubiga ötişga rozi böldi. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar berdi.
Manbaga köra, 33 yoşli belgiyalik futbolçi va turkiyalik klub transferning şaxsiy şartlari böyiça töliq kelişuvga erişgan. Hozirda “Fenerbahçe” “Napoli” bilan muzokara olib bormoqda.
Turkiya klubi hujumçi uçun birinçi taklifini allaqaçon bildirgan – taxminan 6 million yevro. Şu bilan birga, “Napoli” Lukaku uçun qariyb 12 million yevro olişni rejalaştirmoqda.
Belgiyalik futbolçining “Napoli” bilan şartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. Avvalroq, Lukaku jamoaning mavsumoldi yiğinlariga qöşilmagani va “Napoli” uni 10 million yevro evaziga qöyib yuborişga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
Malumot uçun, ötgan mavsumda Lukaku “Napoli” safida beşta uçraşuvda maydonga tuşib, bir gol urgan edi.