Özbekiston yana Eron bilan öynaydi
Özbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning sentyabr-oktyabr oylaridagi FIFA kunlari doirasida Eron terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvlarida maydonga tuşadi. Bu haqda Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj malum qildi.
Federatsiya rahbarining sözlariga köra, Özbekistonga qarşi bahsni Toşkentda ötkaziş rejalaştirilmoqda.
“Joriy yilning 21 sentyabrdan 6 oktyabrgaça FIFA kunlari bölib ötadi. Uşbu davrda 3 ta öyinda iştirok etamiz. Hozirça Özbekiston va Rossiya bilan öynaşimiz aniq. 3 ta uçraşuvimiz 3 xil mamlakatda bölib ötadi. Keyingi FIFA kunlarida Iroqqa borib, u yerdagi turnirda iştirok etamiz”, degan Mehdi Toj.
Avvalroq, Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro ham jahon çempionatiga bağişlangan matbuot anjumanida Eron terma jamoasi bilan örtoqlik uçraşuvi ötkaziş böyiça muzokaralar davom etayotganini malum qilgan edi.
Malumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan söngi 3 yilda 7 marta töqnaş kelgan. Şularning 2 tasida Özbekiston ğalaba qozongan, Eron esa 1 ta uçraşuvda zafar quçgan bölsa, qolgan uçraşuvlarda durang qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq joriy yilning oktyabr oyida Özbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya bilan ham örtoqlik uçraşuvi ötkazişi haqida xabar berilgandi.