Ronaldu Özbekistonga kelişi mumkin
OFK Elit Çempionlar ligasida iştirok etadigan Özbekiston klublarining raqiblari malum böldi. Kriştianu Ronaldu boşçiligidagi “Al-Nasr” “Neftçi” va “Paxtakor”ga qarşi maydonga tuşişi aniq. Bu haqda futbol eksperti Alişer Nikimbayev malum qildi.
Futbol eksperti Alişer Nikimbayevning aytişiça, quradagi A, B, C va D belgilar savatlarni emas, jamoalar joylaştiriladigan ustunlarni anglatadi.
Qura natijasida har bir jamoa 1-, 2-, 3- va 4-savatlardan ikkitadan raqib bilan uçraşadi. Har bir klub jami 8 ta öyin ötkazadi 4 tasi uyda, 4 tasi safarda.
“OFK reytingda birinçi örinda turgan Saudiya Arabistoni klublarini ikkinçi va uçinçi örindagi mamlakatlar – BAA va Qatar klublaridan turli ustunlarga ajratişga qaror qilgan. Amalda bu Saudiya Arabistoni klublari BAA va Qatar jamoalari bilan albatta öynaşini anglatadi.
Masalan, 2-savat qurasida “Al-Nasr” “Al-Ayn” yoki “Al-Sadd” bilan bir ustunga tuşa olmaydi. Xuddi şuningdek, “Şabab Al-Ahli” ham “Al-Ahli” Jidda bilan bir ustunga tuşmaydi. Şu sababli “Neftçi”ning ham ustun tanlaş imkoniyati çeklanadi. U törtta emas, faqat ikkita ustundan birini tanlay oladi. Bu – 1-savatdan “Al-Sadd” va “Al-Ayn” tuşgan ustunlar böladi. Bundan taşqari, mazkur ikki ustun yonma-yon joylaşişi mumkin emas. Bu bir mamlakat klublarining özaro töqnaş kelib qolişining oldini oladi”, deydi Nikimbayev.
Mutaxassisning fikriça, Özbekistonning “Neftçi” va “Paxtakor” klublarining quradagi raqiblari aniq va ular orasida Kriştianu Ronaldu töp tepadigan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi böladi.
“Umuman olganda, Özbekiston klublari guruh bosqiçida Qatar va BAA jamoalari bilan öynamaydi. Ular Saudiya Arabistonining barça beş klubi, şuningdek, Eron va Iroq jamoalari bilan uçraşadi.
Şuning uçun Özbekiston klublarining guruh bosqiçidagi barça raqiblari oldindan malum. Qura faqat qaysi raqib bilan uyda, qaysi biri bilan safarda öynaşni aniqlab beradi. Keyin kompyuter dasturi uşbu uçraşuvlarni turlar va sanalar böyiça taqsimlaydi”, deydi Nikimbayev.
“Al-Nasr” 2-savatdan joy olgan, “Neftçi” ham aynan şu savatda, “Paxtakor” esa 4-savatda iştirok etadi. Nikimbayev keltirgan taqsimotga köra, Özbekiston klublarining raqiblari quyidagiça:
- 1-savat:
- “Al-Ahli”
- “Istiqlol”
- 2-savat:
- “Eyr Fors”
- “Al-Nasr”
- 3-savat:
- “Traktor”
- “Al-Hilol”
- 4-savat:
- “Al-Qodisiya”
- “Al-Ittihod”
Şunday qilib, Kriştianu Ronalduning “Al-Nasr”i Özbekiston klublariga qarşi maydonga tuşadi. Qura esa bu uçraşuvlarning qaysi biri Toşkent yoki Farğonada, qaysi biri raqib maydonida ötkazilişini aniqlaydi.
Eslatib ötamiz, “Paxtakor” 11 avgust kuni “Al-Husayn”ni 3:0 hisobida mağlub etib, Elit çempionlar ligasi bosqiçga yöl olgandi. Şu tariqa, endilikda ilk bor uşbu turnirda Özbekistonning ikki klubi iştirok etadi.