Alvares “Barselona”ga ötişni xohlagani uçun jamoadoşlaridan uzr söradi
Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi hujumçisi Xulian Alvares jamoadan ketiş istagini bildirgani uçun jamoadoşlaridan uzr söradi. Bu haqda “Cadena SER” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, argentinalik futbolçi “Barselona”ning qiziqişi fonida klubdan ketiş niyatini malum qilgani xato bölganini tan olgan.
Xabarlarga köra, Alvares jamoadoşlari bilan suhbatda ham mazmunan, ham şaklan xato qilganini tan olgan va “Atletiko”ga sadoqati birinçi örinda turişini takidlagan.
Naşrning yozişiça, hujumçi “Barselona” bilan uzoq davom etgan muzokaralar fonida vaziyatni qabul qila boşlagan.
Qayd etilişiça, Alvaresning mazkur bayonoti “Atletiko Madrid” “Barselona” bilan muzokara olib borişdan boş tortgan taqdirda, futbolçi tomonidan ehtimoliy norozilik yoki ziddiyat yuzaga kelişining oldini oladi. Biroq bu Alvares Madrid klubini tark etiş istagidan butunlay voz keçganini anglatmaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xulian Alvares “Barselona” ötiş istagi sabab “Atletiko Madrid” rahbariyatiga klubda boşqa öynay olmasligi aytgani haqida xabar berilgandi.