Buskets “Barselona”ga murabbiy sifatida qaytdi
“Barselona”ning sobiq yarim himoyaçisi Serxio Buskets klubning ikkinçi jamoasi – “Barselona Atletik” murabbiylar ştabiga qöşildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Kataloniya klubining rasmiy sayti xabar berişiça, ispaniyalik mutaxassis Juliano Belletti boşçiligidagi jamoada texnik yordamçi sifatida işlaydi.
Buskets “Barselona” asosiy jamoasida 15 mavsum davomida töp tepdi va keyinçalik “Inter Mayami”ga köçib ötdi. U kataloniyaliklar safida jami 840 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 19 ta gol urdi va 62 ta golli uzatma amalga oşirdi.
Ispaniyalik futbolçi “Barselona” bilan 35 ta sovrinni qölga kiritdi. Ular orasida 9 marta La Liga, 7 martadan Ispaniya Kubogi va Superkubogi, şuningdek, 3 martadan Çempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar örtasidagi Jahon çempionligi bor.
Buskets “Inter Mayami” bilan ham MLS muntazam çempionati, Liga kubogi va MLS Kubogida bir martadan ğolib böldi.
U Ispaniya terma jamoasi safida 143 ta uçraşuv ötkazib, 2 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma qayd etgan. Buskets 2010 yilgi Jahon çempionati va Yevro-2012 turnirida Ispaniya bilan birga ğoliblikni qölga kiritgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Barselona”ning yana bir sobiq futbolçisi va sobiq murabbiyi Xavi Niderlandiya terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlangandi.