USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Gvardiola Italiya terma jamoasini boşqarişdan boş tortdi

82 марта
Гвардиола Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортди

Ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola Italiya milliy terma jamoasini boşqariş taklifini rad etdi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, Gvardiola bu qarorni şaxsiy sabablarga köra qabul qilgan. Şuningdek, Italiya terma jamoasining sobiq sardori Andrea Pirlo boş murabbiylik lavozimiga asosiy nomzod sifatida körilmoqda.

55 yoşli Gvardiola 2016 yildan 2025-2026 yilgi mavsum yakuniga qadar “Mançester Siti”ni boşqardi. Uning qöl ostida jamoa olti marta Angliya çempioni, beş marta Angliya Liga kubogi, uç marta Angliya Superkubogi, ikki marta Angliya Kubogi sohibi böldi. Şuningdek, klub bir martadan Çempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar örtasidagi Jahon çempionatida ğolib çiqqan.

Bundan avval Gvardiola Ispaniyaning “Barselona” va Germaniyaning “Bavariya” klublarini boşqargan. U “Barselona” bilan uç marta La Liga, ikki marta Ispaniya Kubogi, uç marta Ispaniya Superkubogi, ikki marta Çempionlar ligasi, ikki marta UEFA Superkubogi va ikki marta Klublar örtasidagi jahon çempionati ğolibi bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Braziliya terma jamoasi boş murabbiyi Karlo Ançelotti ham Italiya terma jamoasini boşqariş taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: