Gvardiola Italiya boş murabbiyligi uçun qança maoş sörayotgani malum böldi
Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) bilan olib borilgan muzokaralar davomida yiliga 20 million yevro maoş talab qildi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Italiya terma jamoasi boş murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri sanalgan Gvardiolaga yiliga 10 million yevro maoş taklif qilingan.
Avvalroq, Italiya futbol federatsiyasining yangi prezidenti Jovanni Malago Gvardiola bilan muzokaralar haqiqatdan ham bölib ötganini tasdiqlagan edi. Uning takidlaşiça, federatsiya bunday mutaxassisni jalb qiliş uçun byudjetdan taşqari mablağ ajratiş imkoniyatini ham körib çiqqan.
Şu bilan birga, boş murabbiylik lavozimiga yana ikki nomzod – Andrea Pirlo va Roberto Mançini ham körib çiqilmoqda.
Gvardiolaning özi esa 2025-2026 yilgi mavsum yakunida “Mançester Siti”ni tark etganidan keyin hozirça murabbiylik faoliyatiga qaytiş niyati yöqligini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati final bosqiçiga yöllanma ola olmagan edi. Şundan söng, boş murabbiy Jennaro Gattuzo öz lavozimini tark etdi. Keyinroq FIGC prezidenti Gabriele Gravina ham istefoga çiqdi va uning örniga Jovanni Malago saylandi.