“Golden Boy” sovrini uçun asosiy davogarlar elon qilindi
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” himoyaçisi Pau Kubarsi “Golden Boy 2026” sovrini uçun yangilangan nomzodlar reytingida birinçi öringa kötarildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi malum qildi.
“Golden Boy” sovrini Yevropa çempionatlarining yuqori divizionlaridan birida iştirok etayotgan 21 yoşgaça bölgan eng yaxşi futbolçiga beriladi.
Top-10 reytingi quyidagiça:
- Pau Kubarsi (“Barselona”)
- Lamin Yamal (“Barselona”)
- Yan Diomande (“Real Madrid”)
- Uorren Zair-Emeri (“Pari Sen-Jermen”)
- Ayub Buaddi (“Lill”)
- Viktor Fryoxoldt (“Portu”)
- Rayan (“Bornmut”)
- Endrik (“Real Madrid”)
- Eli Krupi (“Bornmut”)
- Estevao Villian (“Çelsi”)
Futbolçi mazkur sovrinni faoliyati davomida faqat bir marta qölga kiritişi mumkin. Şu sababli Lamin Yamal “Golden Boy” sovrinini ikkinçi marta yuta olmaydi. Ispaniyalik futbolçi 2024 yilda uşbu mukofot sohibi bölgan.
Malumot uçun, uşbu sovringa 2003 yilda Italiyaning “Tuttosport” gazetasi tomonidan asos solingan bölib, Yevropa oliy ligalarida öynayotgan eng yorqin yoş futbolçilarni taqdirlaşga möljallangan. Bu mukofot “Oltin töp” taqdirlaş marosimidagi “Kopa” sovrinidan biroz farq qiladi. “Golden Boy” sovrini töliq kalendar yili hisobiga beriladi. Ovoz berişda Frantsiya, Ispaniya, Angliya, Portugaliya va boşqa davlatlar vakillari iştirok etadi. “Kopa” esa mavsum uçun topşiriladi. Bu sovringa ovoz berişda faqat “Oltin töp” egalari qatnaşadi.