APL ötgan mavsumining eng yaxşi futbolçisi elon qilindi
“Mançester Yunayted” jamoasi sardori Bruno Fernandeş Angliya professional futbol ligasi (PFA) tomonidan 2025-2026 yilgi mavsumning eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Bu haqda “SullyTalkz” naşri xabar berdi.
Naşr malumotiga köra, portugaliyalik yarim himoyaçi PFA tomonidan 2026 yilning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan. Sovrinning rasmiy taqdimoti keça, 25 avgust kuni keçqurun Mançesterda bölib ötgan.
Fernandeş PFAning yilning eng yaxşi futbolçisi sovriniga davogar bölgan olti nafar futbolçidan biri edi. Uning raqiblari “Mançester Siti”dan Rayan Şerki va Erling Holand, “Arsenal”dan esa Gabriel Magalyayns, David Raya va Deklan Rays bölgan.
PFA sovrinining ahamiyati şundaki, ğolib futbolçilarning özlari tomonidan berilgan ovozlar asosida aniqlanadi.
Fernandeş avvalroq Premer-ligasining 2025-2026 yilgi mavsumida eng yaxşi futbolçi va mavsumning eng yaxşi pleymeykeri sovrinlarini ham qölga kiritgan. U çempionatni 21 ta golli uzatma bilan yakunlab, Terri Anri va Kevin De Bryuyne örnatgan 20 ta assistlik rekordni yangilagan. Şuningdek, portugaliyalik futbolçi 9 ta gol urgan.
Eslatib ötamiz, “Mançester Yunayted” 2026-2027 yilgi Premer-liga mavsumini “Hall Siti”ga qarşi 0:2 hisobidagi mağlubiyat bilan boşlagan.