Jahon çempionlari munosib taqdirlandi!
26-08-2026, 13:38
133 марта
Jahon çempionlari munosib taqdirlandi!Xorazmlik pahlavonlar yana bir bor yurtimiz nomini jahonga tanitdi! Jahon kuraş çempionatida ğolib çiqqan Muxlisa Maşaripova va Quvonçbek Ismoilovlarning bu zafari nafaqat ularning, balki butun Xorazm vohasining bayramiga aylandi.
Bugun şahrimizda ana şu tarixiy ğalabalar şarafiga katta tantanali marosim bölib ötdi. Tadbirga çempionlarning oila azolari, ustoz-murabbiylari hamda sport sohasining faol vakillari taşrif buyurdi.
Marosimda viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va manaviy-marifiy işlar böyiça örinbosari Şerzod Berdiyev, Xorazm viloyati prokurori örinbosari Xudoyberdi Norqobilov, şuningdek Milliy Olimpiya qömitasining viloyat bölinmasi ijroçi direktori Usmonboy Jumagaldiyevlar iştirok etib, yoş pahlavonlarimizni samimiy tabriklaşdi va ularga omad tilaşdi.
Eng yoqimli jihati şundaki — jahon çempionlari va ularning murabbiylariga 1 000 AQŞ dollari miqdorida pul mukofotlari ham topşirildi!







