“Mançester Yunayted” “Barselona” futbolçisi bilan muzokara olib bormoqda
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi himoyaçisi Alexandro Balde transfer oynasi yopilgunga qadar “Mançester Yunayted” klubiga ötişi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga köra, “Mançester Yunayted” 22 yoşli ispaniyalik futbolçiga qiziqiş bildirmoqda. Angliya klubi va Baldening agenti Jorje Mendeş örtasida yaqin soatlarda töğridan-töğri muzokaralar ötkazilişi kutilmoqda.
Balde yangi mavsumning birinçi öyinida “Elçe”ga qarşi (5:0) uçraşuvda maydonga tuşmadi. Boş murabbiy Xans-Diter Flik uni uçraşuv qaydnomasiga kiritmagan.
Ayni paytda “Mançester Yunayted” Baldeni çap qanot himoyasi uçun asosiy nomzodlardan biri sifatida körib çiqmoqda. Biroq Angliya klubi futbolçini ijaraga oliş variantini afzal körayotgani haqida ham xabarlar bor.
Malumot uçun, Baldening “Barselona” bilan amaldagi şartnomasi 2028 yilgaça möljallangan. “Transfermarkt” portali futbolçining qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.