USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Morata Ispaniyaga qaytdi

53 марта
Мората Испанияга қайтди

Ikki karra Çempionlar ligasi ğolibi bölgan hujumçi Alvaro Morata Italiyaning “Komo” klubidan ijara asosida Ispaniyaning “Leganes” jamoasiga ötdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, ijara şartnomasi bir yil muddatga tuzilgan.
Malumot uçun, Morata 33 yoşda. U faoliyati davomida Ispaniyaning “Real Madrid” va “Atletiko Madrid”, Italiyaning “Yuventus” va “Milan”, Angliyaning “Çelsi” hamda Turkiyaning “Galatasaroy” klublarida töp tepgan.

Ötgan mavsumda ispaniyalik hujumçi “Komo” safida barça musobaqalarda 30 ta öyinda maydonga tuşib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oşirdi.

Morata faoliyati davomida uç karra Italiya kubogi sohibi bölgan. Şuningdek, u ikki martadan Italiya va Ispaniya çempioni, Çempionlar ligasi, Italiya Superkubogi va Ispaniya kubogi ğolibi hisoblanadi. Futbolçi bir martadan Klublar örtasidagi jahon çempionati, UYeFA Superkubogi, Angliya kubogi, Yevropa ligasi, Turkiya çempionati va Turkiya kubogini qölga kiritgan.

Morata Ispaniya milliy terma jamoasi safida 87 ta öyin ötkazib, 37 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oşirgan. U milliy jamoa bilan 2024 yilgi Yevropa çempionati hamda 2023 yilgi Millatlar ligasida ğolib çiqqan.

Malumot uçun, “Leganes” hozirda Ispaniya çempionatining ikkinçi darajali divizioni – Segundada iştirok etmoqda. Jamoa ikki turdan söng 4 oçko jamğargan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: