PSJ katta miqdorda jarimaga tortildi
Frantsiya Professional futbol ligasi (LFP) PSJni “Renn”ga qarşi Frantsiya çempionati doirasidagi uçraşuvni köçirgani uçun 150 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “L’Équipe” naşri xabar berdi.
Liga 1 birinçi turi doirasidagi mazkur bahs dastlab joriy yilning 23 avgust kuni PSJ maydonida ötkazilişi rejalaştirilgan edi. Biroq “Park de Prens” stadionidagi maydon holati talabga javob bermagani sababli uçraşuv “Renn” maydoniga köçirildi.
“Musobaqalar komissiyasi LFP qoidalarining maydon holati va zaxira stadionining mavjudligi böyiça klublar majburiyatlarini belgilovçi moddasiga muvofiq PSJni 150 ming yevro miqdorida jarimaga tortişga qaror qildi”, deyiladi LFP xabarida.
Liga, şuningdek, jamoalar örtasidagi ikkinçi uçraşuv, yani 23-tur bahsi “Park de Prens” stadionida bölib ötişini malum qildi.
“Renn” özining rasmiy sayti orqali öyinni köçiriş haqidagi qaror yuzasidan “öz huquqlarini himoya qiliş” maqsadida Frantsiya Milliy olimpiya va sport qömitasiga şikoyat qilişi mumkinligini malum qilgan.
Malumot uçun, PSJ Liga 1ning dastlabki ikki turidan söng 2 oçko jamğarib, turnir jadvalida 6-örinda bormoqda.