PSJ transfer rekordini yangilaşi mumkin
Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi yaqin vaqt içida bir transfer oynasida futbolçilar sotuvi böyiça öz rekordini yangilaşi mumkin. Bu haqda AS naşri xabar berdi.
Avvalroq, Ibragima Mbayening PSJdan “Aston Villa”ga ötişi haqida xabarlar tarqalgan edi. Parijliklar uşbu transferdan taxminan 55 million yevro işlab olişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, Bredli Barkola yaqin orada 140 million yevro evaziga “Liverpul” safiga ötadi. Şuningdek parijliklar joriy yozda Gonsalo Ramos, Randal Kolo Muani va Li Kan In transferidan 165 mln yevro işlab olgandi.
Agar har ikki kelişuv ham amalga oşsa, PSJ futbolçilar sotuvidan jami taxminan 360 million yevro işlab oladi. Malumotlarga köra, bu klub tarixida bir transfer oynasi davomidagi yangi rekord böladi.
Malumot uçun, ayni paytda Luis Enrike şogirdlari Liga 1da muvaffaqiyatli start olmadi. PSJ ikkinçi turda “Lill” bilan 2:2 hisobida durang öynagan. Parijliklar ikki turdan söng 2 oçko jamğargan.