“Siti” 18 yoşli futbolçi uçun 100 mln tölaydi
Angliyaning “Mançester Siti” jamoasi yozgi transfer oynasida Rodri bilan xayrlaşgandan söng uning örnini 18 yoşli futbolçi bilan töldirmoqçi. Bu haqda “RMC Sport” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Angliya grandi “Lill” yarim himoyaçisi Ayub Buxaddini öz safiga qöşib olişni rejalaştirmoqda. Tomonlar umumiy qiymati 100 million yevro bölgan transfer böyiça kelişuvga erişgan. Unga köra, “Lill” 95 million yevro kafolatlangan tölov va yana 5 million yevro bonus oladi.
Agar kelişuv amalga oşsa, bu “Lill” tarixidagi eng qimmat transfer böladi. Hozirgi rekord 2019 yilda Nikolas Pepening “Arsenal”ga 80 million yevro evaziga ötişi bilan örnatilgan.
18 yoşli Buxaddi Marokaş terma jamoasi safida Jahon çempionatidagi yaxşi öyinlari bilan “Mançester Siti” skautlarining etiborini tortgan.
Klub darajasida esa yoş yarim himoyaçi “Lill” safida 100-öyinini ötkazişiga atigi törtta bahs qolgan. U mazkur uçraşuvlarda 4 ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Eslatib ötamiz, “şaharliklar” Premer-liga mavsumini “Bornmut” ustidan 2:1 hisobidagi qiyin ğalaba bilan boşlagandi.