“Sabah” – “Barselona” uçraşuvi rekord örnatişi mumkin
Ozarbayjonning “Sabah” va Ispaniyaning “Barselona” jamoalari örtasida Bakuda bölib ötadigan uçraşuv joriy Çempionlar ligasidagi eng uzoq safarlardan biri böladi. Bu haqda “Report.az” naşri xabar berdi.
2026-2027 yilgi mavsum uçun tasdiqlangan taqvimga köra, Kataloniya klubi Bakuga yetib boriş uçun bir tomonga taxminan 4172 kilometr masofani bosib ötadi. Barselonadan Bakuga parvoz taxminan 5 soat 25 daqiqa davom etadi. Şu tariqa, “Sabah” va “Barselona” örtasidagi uçraşuv joriy musobaqada raqib şaharlar orasidagi masofa böyiça rekord örnatişi kutilmoqda.
“Sabah” safida Özbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyaçisi Umarali Rahmonaliyev töp tepadi. Ozarbayjon klubi tarixda ilk bor Çempionlar ligasining asosiy bosqiçiga yöllanma oldi.
“Barselona”dan taşqari, “Sabah” joriy mavsumda öz maydonida Germaniyaning “Borussiya Dortmund” va Italiyaning “Napoli” klublariga qarşi ham maydonga tuşadi.