Çempionlar ligasida öynaydigan özbeklar bittaga köpaydi
Keça, 25 avgust kuni Umarali Rahmonaliyev töp tepadigan jamoa Ozarbayjonning “Sabah” klubi Çempionlar ligasi pley-off bosqiçining javob öyinida Isroilning “Xapoel Beer-Şeva” jamoasini yirik hisobda mağlub etib, turnirning asosiy bosqiçiga yöllanma oldi.
Tofiq Bahramov nomidagi Respublika stadionida bölib ötgan uçraşuv Boku klubining 5:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.
10-daqiqada Igor Zlatanoviç “Xapoel”ni oldinga olib çiqdi. 38-daqiqada Kristian Nvaçukvu hisobni tenglaştirdi.
61-daqiqada Gay Mizraxi Isroil jamoasini yana oldinga olib çiqdi. Biroq 74-daqiqada Özbekiston terma jamoasi yarim himoyaçisi Umarali Rahmonaliyev hisobni 2:2 körinişiga keltirdi.
Ikkinçi bölimga qöşib berilgan vaqtda Tellur Mutallimov “Sabah”ning uçinçi golini urdi va uçraşuvni qöşimça vaqtga olib çiqdi.
Qöşimça vaqtda Orfe Mbina 101-daqiqada, Joy-Lans Mikkels esa 115-daqiqada gol urib, “Sabah”ning 5:2 hisobidagi ğalabasini taminladi.
Şu tariqa, “Sabah” ikki uçraşuv natijasiga köra 6:4 hisobida ğalaba qozonib, tarixida birinçi marta Çempionlar ligasining asosiy bosqiçiga yöllanma oldi.
Eslatib ötamiz, Buxarestda ötkazilgan birinçi uçraşuvda “Xapoel Beer-Şeva” 2:1 hisobida ğalaba qozongan edi.