Buxoroda mamlakatdagi eng katta stadionlardan biri quriladi
Buxoro tumanida 40 ming tomoşabinga möljallangan zamonaviy futbol stadioni qurilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Özbekiston Professional futbol ligasi (ÖzPFL) boş direktori Diyor Imomxöjayev malum qildi.
Malumotlarga köra, Xitoyning “Çina CAMC Engineering Co. LTD” kompaniyasi tomonidan Buxoro tumanidagi “Boğidaşt” mahalla fuqarolar yiğini hududida zamonaviy markaziy futbol stadioni barpo etilişi közda tutilgan. Ayni paytda stadion hududini loyihalaş işlari boşlangan.
Yangi sport inşooti hududda sport infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, xalqaro talablarga javob beradigan futbol uçraşuvlari hamda yirik sport tadbirlarini ötkaziş uçun xizmat qilişi kutilmoqda.
Agar stadion rejadagidek qurib bitkazilsa, siğimi böyiça Özbekistondagi ikkinçi eng katta futbol arenasiga aylanadi. Mamlakatdagi eng katta stadion esa Yangi Toşkent hududida qurilayotgan bölib, loyihaga köra, u 55 ming tomoşabinga möljallangan.
Malumot uçun, ayni paytda Özbekistondagi eng katta siğimli stadion Toşkentdagi “Paxtakor” arenasi hisoblanadi. U 35 ming tomoşabinga möljallangan.