Xorazm sport majmuasida stadion uçun texnik tizimlar kabellaştiriş loyihasi tayyorlandi
15-02-2026, 21:36
86 марта
Xorazm sport majmuasida stadion uçun texnik tizimlar kabellaştiriş loyihasi tayyorlandiÖzbekiston futbolini rivojlantiriş, milliy çempionat uçraşuvlarini xalqaro talablar darajasida ötkaziş hamda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalaniş böyiça berilgan topşiriqlar ijrosi doirasida **Xorazm sport majmuasi**da qator amaliy işlar boşlab yuborildi.
Xususan, stadion infratuzilmasini belgilangan standartlarga moslaştiriş maqsadida translyatsiya va texnik tizimlar uçun kabellaştiriş böyiça maxsus loyiha işlab çiqildi. Mazkur reja asosida stadion hududida zamonaviy ulaniş nuqtalarini taşkil etiş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Ayni paytda:
- translyatsiya, video va audio tizimlar uçun zarur bölgan kabel tarmoqlarini joylaştiriş rejalaştirildi;
- stadionning asosiy va yordamçi hududlarida texnik ulaniş nuqtalarini yaratiş işlari olib borilmoqda;
- belgilangan texnik topşiriqlar asosida tayyorgarlik jarayonlari tizimli ravişda amalga oşirilmoqda.



Mutaxassislar takidlaşiça, uşbu işlar milliy çempionat uçraşuvlarini yuqori saviyada taşkil etiş, jonli translyatsiya imkoniyatlarini kengaytiriş hamda stadion infratuzilmasini zamonaviy talablarga töliq moslaştirişga xizmat qiladi.Hozirda belgilangan vazifalarni öz vaqtida va sifatli bajariş böyiça işlar izçil davom ettirilmoqda. Loyiha töliq yakunlangaç, Xorazm viloyatida futbol uçraşuvlarini taşkil etiş sifati va texnik taminoti yangi bosqiçga kötarilişi kutilmoqda.
