ŞOVOTDAGI 48-SON MAKTAB BÖYIÇA RASMIY MUNOSABAT ELON QILINDI
8-10-2025, 12:20
606 марта
ŞOVOTDAGI 48-SON MAKTAB BÖYIÇA RASMIY MUNOSABAT ELON QILINDIIjtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Şovotdagi 48-son maktab quriliş tugallanmasdan oçilgan” mazmunidagi xabarlar yuzasidan tegişli taşkilotlar rasmiy munosabat bildirdi.
MAKTAB TARIXI VA YaNGILANIŞ JARAYoNI
Malumotlarga köra, Şovot tumani Guliston mahallasidan joy olgan 48-son umumiy örta talim maktabi ilk bor 1991 yilda 240 örinli qilib qurilgan va 1992 yilda foydalanişga topşirilgan. Keyinçalik, 2008 yilda “Maktab talimini rivojlantiriş dasturi” doirasida joriy tamirlaş işlari amalga oşirilgan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–454-sonli qaroriga muvofiq, mazkur talim muassasasini “Investitsiya dasturi” doirasida yangidan quriş belgilanib, 2025 yil iyun oyida “Hazorasp stroy servis” MÇJ tomonidan quriliş-tamirlaş işlari boşlangan.
ZAMONAVIY 3 QAVATLI MAKTAB BARPO ETILDI
Loyiha doirasida 540 örinli, barça qulayliklarga ega 3 qavatli zamonaviy maktab binosi qurildi. Yangi bino 29 sentyabr kuni foydalanişga qabul qilinib, hozirda 510 nafar öquvçi 1 navbatda talim olmoqda.
Sinf xonalari stol, stul, doska, şkaflar va öquv vositalari bilan töliq jihozlangan.
QURILIŞ IŞLARI REJA ASOSIDA DAVOM ETMOQDA
Rasmiy malumotda qayd etilişiça, hozirgi vaqtda issiqlik tizimi, kanalizatsiya tozalaş uskunasi, suv taminoti va elektr transformatori örnatiş işlari reja asosida bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Bu işlar öquv jarayoniga heç qanday tösiq bölayotgani yöq va maktab faoliyatini töliq taminlaş uçun texnik jihatdan qöşimça işlar olib borilmoqda.
MUTASADDILAR TAKIDLAYDILAR
Talim sohasi va mahalliy hokimiyat vakillari takidlaşiça, yangi bino işga tuşirilgan bölsa-da, ayrim yordamçi inşootlar — issiqlik quvurlari va elektr transformatori kabi tizimlar sinov bosqiçida.
— “Bu işlar öquv jarayoniga tasir qilmayapti. Bolalar xavfsiz va qulay muhitda talim olyapti”, — deyiladi rasmiy axborotda.
Şovotdagi 48-son maktab haqidagi xabarlar böyiça malum bölişiça, talim jarayoni haqiqatan ham yangi binoda boşlangan, ammo quriliş işlari reja asosida bosqiçma-bosqiç yakunlanmoqda.
Hozirça öquv jarayoni barqaror va xavfsiz bölib, barça texnik tizimlar töliq işga tuşirilgandan söng obekt rasman töliq foydalanişga qabul qilinadi.