Mourino Messining faoliyatini yorqin va unutilmas deb atadi
“Real Madrid” boş murabbiyi Joze Mourino hujumçi Lionel Messining xalqaro faoliyatini yorqin va unutilmas deb atadi. Bu haqda Mourino Instagram sahifasida yozib qoldirdi.
“Yorqin va unutilmas xalqaro faoliyatingiz bilan tabriklayman. Keyingi Kopa Amerika va keyingi jahon çempionati butunlay boşqaça böladi”, deb yozdi Mourino Messining ijtimoiy tarmoqdagi posti ostida.
Avvalroq Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaşini malum qilgan edi.
Malumot uçun, Messi 2005 yildan beri Argentina terma jamoasi safida töp tepib keladi. U “Albiseleste” tarkibida barça musobaqalar, jumladan, örtoqlik uçraşuvlarini hisobga olganda, 207 ta bahsda maydonga tuşib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi jahon çempionati, 2021 va 2024 yilgi Kopa Amerika hamda 2022 yilgi Finalissima turnirida ğolib çiqqan.