“Al-Hilol” 224 million dollarga sotildi
Saudiya Arabistonining taniqli milliarder, tadbirkor va investor Al-Valid ibn Talalga tegişli Kingdom Holding kompaniyasi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” futbol klubidagi 70 foizlik uluşni sotib oldi. Bu haqda kompaniya özining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
2023 yil iyul oyidan buyon klubning asosiy aktsiyadori Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya fondi (PIF) hisoblanar edi.
Xabarlarga köra, sotib olingan nazorat uluşining qiymati 840 million saudiya riyoli, yani taxminan 224 million dollarni taşkil etgan. Klubning umumiy aktsiya kapitali esa 1,2 milliard riyolga (taxminan 320 million dollar) baholanmoqda.
Malumot uçun, “Al-Hilol” jamoasi Saudiya Arabistoni çempionligini rekord darajada 19 marta qölga kiritgan klub hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Al-Hilol”ning frantsiyalik hujumçi Karim Benzema klubini tark etgani haqida xabar berilgandi.