Benzema “Al-Hilol”ni tark etdi
Frantsiyalik hujumçi Karim Benzema Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” futbol klubini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
Tomonlar mavsum oxirigaça amal qilgan şartnomani özaro kelişuv asosida bekor qilişga qaror qildi. Ispaniyaning As gazetasi xabariga köra, futbolçi allaqaçon boşqa klublardan bir neçta taklif olgan va professional faoliyatini yakunlaş niyatida emas.
Malumot uçun, 38 yoşli Benzema fevral oyida “Al-Hilol” safiga qöşilgan edi. U ötgan mavsumda jamoa bilan Saudiya Arabistoni Qirollik kubogini qölga kiritdi.
Bungaça, 2023 yil yozidan beri frantsiyalik futbolçi “Al-Ittihod” safida töp tepib, u yerda Saudiya Arabistoni çempionati va mamlakat kubogi ğolibiga aylangan.
Saudiya Arabistoniga köçib ötişidan oldin Benzema “Real Madrid” va “Lion” jamoalarida faoliyat olib borgan.
Hujumçi “Real Madrid” bilan beş marta Çempionlar ligasi va Klublar örtasidagi jahon çempionati, tört marta Ispaniya çempionati, şuningdek, Ispaniya Superkubogi, UEFA Superkubogi hamda uç marta Ispaniya Kubogini qölga kiritgan.
“Lion” safida esa u tört marta Frantsiya çempionati, ikki marta Frantsiya Superkubogi va bir marta Frantsiya Kubogida ğolib çiqqan.
Benzema 2022 yilda Frantsiyaning “France Football” jurnali tomonidan dunyoning eng yaxşi futbolçisiga topşiriladigan “Oltin töp” sohibi bölgan.
Frantsiyalik hujumçi “Real Madrid” safida jami 648 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 354 ta gol urgan va klub tarixidagi ikkinçi eng yaxşi töpurarga aylangan.