“Real Madrid” Vinisius bilan şartnomani uzaytirdi
“Real Madrid” braziliyalik hujumçi Vinisius Junior bilan yangi şartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, yangi kelişuv 2032 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi. Avvalgi şartnoma esa 2026-2027 yilgi mavsum yakunigaça möljallangan edi.
Malumot uçun, 26 yoşli Vinisius 2018 yilning yozida “Flamengo”dan “Real Madrid”ga ötgan. Şu vaqtga qadar u “qaymoqranglilar” safida barça musobaqalarda 375 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatmani amalga oşirdi.
Braziliyalik futbolçi “Real Madrid” bilan birgalikda uç marta Ispaniya çempionligi, uç marta Ispaniya Superkubogi, ikki marta UEFA Çempionlar ligasi, bir marta UEFA Superkubogi, bir marta FIFA Klublar örtasidagi jahon çempionati, bir marta Qitalararo kubok va bir marta Ispaniya kubogida ğolib çiqqan.
U Braziliya milliy terma jamoasi safida hozirga qadar 54 ta öyinda iştirok etib, 13 ta gol urgan va 10 ta golli uzatma bergan. Şuningdek, Vinisius 2021 yilgi Amerika kubogida terma jamoasi bilan finalgaça yetib borgan.