Raul Asensio katta miqdorda jarimaga tortildi
“Real Madrid” himoyaçisi Raul Asensio katta miqdorda jarimaga tortildi va haydovçilik guvohnomasidan mahrum qilindi. Bu haqda “Canarias 7” xabar berdi.
Manba malumotlariga köra, 23 yoşli futbolçi avgust oyida mast holda Porsçe avtomaşinasini boşqarayotganida qölga olingan. Uning qonidagi alkogol miqdori belgilangan qonuniy meyordan deyarli tört baravar yuqori bölgan.
Xabarlarga köra, Asensio 14 400 yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Şuningdek, u sakkiz oy muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilingan.
“Real Madrid” tarbiyalanuvçisi hozirda jarohatidan tiklaniş jarayonini davom ettirayotgani sababli, joriy mavsumda hali birorta ham uçraşuvda maydonga tuşmadi.
Asensioning “Real Madrid” bilan amaldagi şartnomasi 2031 yilga qadar möljallangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Raul Asensio voyaga yetmagan şaxs iştirokidagi şaxsiy videoni tarqatganlik ayblovi bilan qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.