Argentinada Messining raqami kimga berilişi aytildi
Argentinalik 39 yoşli futbol yulduzi Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi 10-ramamli libosi Nikolas Pasga berilişi mumkin. Bu haqda “ESPN Argentina” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, agar terma jamoa boş murabbiyi Lionel Skaloni mehnat şartnomasini uzaytirsa va terma jamoadagi faoliyati davom etsa, Messining 10-raqamli libosi “Komo” yarim himoyaçisi Nikolas Pasga berilişi mumkin.
Yaqinda bölib ötgan Jahon çempionatida 21 yoşli yarim himoyaçi Argentina terma jamoasi bilan kumuş medalni qölga kiritdi. Pas guruh bosqiçining ikkita uçraşuvida maydonga tuşdi, ammo gol ura olmadi.
Nikolas Pas Argentina terma jamoasi safida jami 11 ta öyinda iştirok etib, bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oşirgan.
Malumot uçun, 39 yoşli Messi 2023 yildan beri Şimoliy Amerika Oliy futbol ligasi (MLS) vakili “Inter Mayami”da töp tepib kelmoqda. Yevropada argentinalik futbolçi Frantsiyaning PSJ va Ispaniyaning “Barselona” klublarida öynagan. “Barselona” bilan u tört marta Çempionlar ligasi, uç martadan UEFA Superkubogi va Klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqqan.
Hujumçi 2022 yilgi jahon çempioni, 2014 va 2026 yilgi Jahon çempionatlarining kumuş medali sohibi, 2008 yilgi Olimpiada çempioni hamda 2021 va 2024 yillardagi Kopa Amerika ğolibi hisoblanadi. Messi “Oltin töp”ni eng köp marta qölga kiritgan futbolçi – 8 karra sovrin sohibi.
Messi Argentina terma jamoasi safida 207 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 125 ta gol urgan. U har ikki körsatkiç böyiça ham terma jamoa rekordçisi hisoblanadi. Hujumçi jahon çempionatlarida olti marta iştirok etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Lionel Messi özining Instagram sahifasida Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini rasman malum qilgandi.