Mbappeni öğirlamoqçi bölgan jinoiy guruh uşlandi
Frantsiyada 18 yoşli Klement boşçiligidagi jinoiy guruh bir qator biznes rahbarlari, reperlar, şuningdek, Frantsiya milliy terma jamoasi va “Real Madrid” hujumçisi Kilian Mbappeni öğirlaşni rejalaştirgan. Bu haqda “Le Parisien” naşri xabar berdi.
Manba malumotlariga köra, jinoiy guruh tomonidan jami 26 nafar şaxsga nisbatan noqonuniy harakatlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Joriy yilning 21 avgust kuni Klement va uning şerigi aprel oyida sodir etilgan soatsozlik dökoni talonçiligi bilan boğliq holatda rasman ayblangan. Musodara qilingan telefonlardagi malumotlarni örganiş natijasida Klement 11 apreldan 19 avgustgaça yana bir neçta talonçilik va odam öğirlaş jinoyatlarini rejalaştirgani aniqlangan.
Klement hibsga olingan. Uning ehtimoliy şerigi esa qöyib yuborilgan bölsa-da, sud nazorati ostida qoldirilgan.
Malumot uçun, 27 yoşli Kilian Mbappe 2024 yildan buyon “Real Madrid” safida töp tepib kelmoqda. U 2024-2025 yilgi mavsumda jamoasi bilan Ispaniya Superkubogi va Qitalararo kubokni qölga kiritgan.
Mbappe Frantsiya milliy terma jamoasi bilan 2018 yilda Rossiyada bölib ötgan jahon çempionati ğolibi bölgan. Şuningdek, u 2022 yil Qatarda ötkazilgan jahon çempionatida kumuş medalni qölga kiritgan.
Frantsiyalik hujumçi Jahon çempionatlari tarixida eng köp gol urgan futbolçilardan biri hisoblanadi.