PSJ “Oltin töp” marosimigaça Kvaratsxeliya bilan şartnomani uzaytirmoqçi
PSJ gruziyalik hujumçi Xviça Kvaratsxeliya bilan “Oltin töp” taqdirlaş marosimigaça şartnomani uzaytiriş niyatida. Bu haqda “L’Equipe” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Parij klubi 25 yoşli futbolçi bilan 2030 yoki 2031 yilgaça möljallangan yangi şartnoma imzolamoqçi. Şuningdek, uning maoşi ham oşirilişi rejalaştirilgan.
Kvaratsxeliyaning PSJ bilan amaldagi şartnomasi 2029 yilgaça amal qiladi. Tomonlar örtasidagi muzokaralar allaqaçon boşlangan.
Parijliklar yangi kelişuv böyiça muzokaralarni joriy yilning 26 oktyabr kuni bölib ötadigan “Oltin töp” taqdirlaş marosimigaça yakunlaşga umid qilmoqda. Kvaratsxeliya mazkur mukofotga davogarlar qatoridan örin olgan. Klub uning ehtimoliy ğalabasi yangi şartnoma böyiça muzokaralarni murakkablaştirişi mumkinligini hisobga olmoqda.
Xviça Kvaratsxeliya 2025 yilning yanvaridan beri PSJ safida töp tepib kelmoqda. Ötgan mavsumda u barça musobaqalarda 48 ta öyinda maydonga tuşib, 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oşirdi.
“Transfermarkt” malumotlariga köra, gruziyalik futbolçining transfer bahosi 140 million yevroga teng.