Rişarlison “Tottenxem” tarkibidan çiqarildi
Londonning “Tottenxem” jamoasi hujumçisi Rişarlison Angliya Premer-ligasining 2026-2027 yilgi mavsumi birinçi qismi uçun jamoa tarkibiga kiritilmadi. Bu haqda “The National” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, 29 yoşli braziliyalik futbolçi Turkiya transfer oynasi yopilguniga qadar London klubini tark etişi mumkin. Unga “Trabzonspor” jiddiy qiziqiş bildirmoqda. Turkiya klubi transferni amalga oşiriş ustida işlaşda davom etmoqda, mamlakatdagi transfer oynasi bugun, 4 sentyabr kuni yopiladi.
“Tottenxem” boş murabbiyi Roberto De Dzerbi avvalroq Rişarlison bir neça bor klubni tark etmoqçi ekanini aytganini malum qilgan edi.
Braziliyalik futbolçining sobiq klubi “Everton”ga qaytiş varianti ham bor edi. Biroq Angliya klubi bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Malumot uçun, Rişarlison “Tottenxem” safida 2022 yildan buyon öynab kelmoqda. Uning jamoa tarkibidan çiqarilişi klub uni mavsumning birinçi qismida öz rejalariga kiritmayotganini körsatmoqda.