Rahimova “US Open”da dunyoning birinçi raketkasiga qarşi kortga çiqdi
Keça, 4 sentyabr kuni özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova AQŞ Oçiq çempionatining 1/16 finalida dunyoning birinçi raketkasi, musobaqaning amaldagi çempioni Arina Sobolenkoga qarşi kortga çiqdi. Rahimova ikki set davom etgan bahsda amaldagi çempionga imkoniyatni boy berdi.
90 daqiqa davom etgan bahsda belaruslik tennisçi 6:3, 6:4 hisobida ğalaba qozonib, 1/8 finalga yöl oldi. Bahs davomida Sobolenko 10 ta, Rahimova esa 2 ta eys qayd etdi. Qöşxato böyiça Kamilla 6 marta xato qilgan bölsa, belaruslik tennisçida bu körsatkiç 1 tani taşkil etdi. Sobolenko 7 ta breyk-poyntdan 2 tasidan foydalangan, Rahimova esa raqibining servisini buziş imkoniga ega bölmadi.
Şu tariqa, Sobolenko va Rahimova örtasidagi özaro uçraşuvlar soni 4 taga yetdi. Barça bahslarda belaruslik tennisçi ğalaba qozongan.
Şu bilan Kamilla Rahimovaning “US Open-2026”dagi iştiroki yakunlandi. Sobolenko esa 1/8 finalda amerikalik Teylor Taunsend bilan kuç sinaşadi.