Bugun Rahimova dunyoning eng kuçli tennisçisi bilan töqnaşadi
Bugun, 4 sentyabr kuni özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova AQŞ Oçiq çempionatining (“US Open”) uçinçi davrasida jahon reytingi peşqadami Arina Sobolenko bilan kuç sinaşadi.
Jahon reytingida 92-örinni egallab turgan Kamilla musobaqaning ikkinçi davrasida rossiyalik Oksana Selexmetova ustidan işonçli ğalaba qozongan edi. Rahimova uçraşuvni 6:3, 6:0 hisobida öz foydasiga hal qilib, keyingi bosqiçga yöl olgandi.
Endi özbekistonlik tennisçini musobaqaning eng kuçli raqiblaridan biri – jahonning birinçi raqamli tennisçisi, belaruslik Arina Sobolenko kutib turibdi. Amaldagi “US Open” çempioni bölgan Sobolenko Nyu-Yorkda uçinçi bor ketma-ket boş sovrinni qölga kiritiş uçun kuraşmoqda.
Qiziği, Rahimova va Sobolenko bundan avval ham 3 bora özaro töqnaş kelgan va oldingi uçraşuvlarning barçasida belaruslik tennisçi ğalaba qozongan. Bugungi bahs esa “US Open” musobaqasining uçinçi davrasi doirasida ötkaziladi.
Malumot uçun, Kamilla Rahimova va Arina Sobolenko örtasidagi bahs Toşkent vaqti bilan 20:00 da boşlanadi.
Eslatib ötamiz, keça, 3 sentyabr kuni özbekistonlik tennisçi Mariya Timofeyeva belgiyalik Elize Mertensga 2:0 hisobida mağlub bölib, “US Open”dagi iştirokini yakunlagandi.