Özbekistonlik tennisçilar “US Open”ni ğalaba bilan boşladi
Tennis böyiça “Katta Dubulğa” turkumiga kiruvçi “US Open” turnirida özbekistonlik tennisçilar öz iştirokini boşladi. Mariya Timofeyeva va Kamilla Raximova musobaqadagi ilk bahslarini ğalaba bilan yakunlaşdi.
Keça, 31 avgust kuni turnirning birinçi davrasida Mariya Timofeyeva sloveniyalik Tamara Zidanşekka qarşi bahs olib bordi. Uçraşuvda özbekistonlik tennisçi raqibini 6/3, 7/5 hisobida mağlub etib, keyingi bosqiçga yöl oldi.
Ayni paytda WTA reytingida 86-örinni egallab turgan Timofeyeva ikkinçi davrada öz iştirokini davom ettiradi.
Özbekistonning birinçi raketkasi Kamilla Raximova ham musobaqani muvaffaqiyatli boşladi. U birinçi davrada çexiyalik, dunyoning sobiq ikkinçi raketkasi Barbora Kreyçikovani 7/6(4), 6/2 hisobida mağlub etdi.
WTA reytingida 28-örinda borayotgan va turnirda 27-raqam ostida saralangan Kreyçikova “Katta dubulğa” musobaqalarida yakkalik bahslarining ikki karra ğolibi hisoblanadi.
Şu tariqa, Mariya Timofeyeva va Kamilla Raximova “US Open” turniridagi iştirokini işonçli ğalabalar bilan boşlab, musobaqaning ikkinçi davrasiga yöllanmani qölga kiritişdi.