Özbekistonlik 4 tennisçi “US Open” musobaqasida iştirok etadi
Mavsumning sönggi “Katta dubulğa” turniri – “US Open” musobaqasida 4 nafar özbekistonlik tennisçi – Kamilla Rahimova, Mariya Timofeyeva, Polina Kudermetova va Nikita Belozertsev iştirok etadi. Bu haqda Özbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Nyu-York şahrida ötkaziladigan “US Open-2026” musobaqasining umumiy mukofot jamğarmasi 108 million dollarni taşkil etadi. Bu tennis tarixidagi eng katta sovrin jamğarmasi hisoblanadi. Erkaklar va ayollar örtasidagi yakkalik bahslarida ğoliblar 5,5 million dollardan, finalçilar esa 2,8 million dollardan mukofot oladi.
Musobaqada Özbekiston şarafini Kamilla Rahimova, Mariya Timofeyeva, Polina Kudermetova va Nikita Belozertsev himoya qiladi.
Malumot uçun, hozirda Özbekistonning birinçi raketkasi bölib turgan Kamilla Rahimova WTA reytingida 78-örinda, Polina Kudermetova 105-örinda, Mariya Timofeyeva esa 124-örinda bormoqda.
“US Open” musobaqasi qattiq qoplamali kortlarda ötkaziladi. Ayollar örtasidagi final bahsi joriy yilning 12 sentyabr kuni, erkaklar örtasidagi final uçraşuvi esa 13 sentyabr kuni bölib ötadi.