“US Open” sovrin jamğarmasi 100 mln dollardan oşgan birinçi tennis turniri böldi
AQŞ oçiq çempionati tennis tarixida mukofot jamğarmasi 100 million dollardan oşadigan birinçi turnir böladi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, 2026 yilgi “US Open” turnirining umumiy mukofot jamğarmasi 108 million dollarni taşkil etadi.
Erkaklar va ayollar örtasidagi yakkalik bahslarida ğoliblar 5,5 million dollardan, finalçilar esa 2,8 million dollardan mukofot oladi. Juftlik va aralaş juftlik bahslarida ğoliblarga 1 million dollardan, finalçilarga esa 500 ming dollardan beriladi.
Tennisdagi eng katta sovrin jamğarmasi böyiça avvalgi rekordi ham “US Open”ga tegişli bölib, 2025 yilda musobaqaning mukofot jamğarmasi 90 million dollarni taşkil etgan edi. Qolgan “Katta dubulğa” turnirlarida esa bu körsatkiç heç qaçon 80 million dollardan oşmagan.
“US Open” mavsumning sönggi “Katta dubulğa” turniri hisoblanadi. Musobaqa qattiq qoplamali kortlarda ötkaziladi va joriy yilning 23 avgustdan 13 sentyabrga qadar davom etadi.
Malumot uçun, turnirning amaldagi çempionlar – ispaniyalik Karlos Alkaras va belaruslik Arina Sobolenko hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq dunyoning 1-raqamli tennisçisi, belaruslik Arina Sobolenko hamda 24 karra “Katta dubulğa” ğolibi serbiyalik Novak Jokoviç “US Open” musobaqasida aralaş juftlik bahslarida birga iştirok etişi haqida xabar berilgandi.