Sinner Jokoviçni mağlub etib, “Uimbldon” finaliga çiqdi
Italiyalik tennisçi Yannik Sinner serbiyalik Novak Jokoviçni mağlub etib, ketma-ket ikkinçi marta “Uimbldon” turniri finaliga yöl oldi. Musobaqa Angliya poytaxti Londonda bölib ötmoqda.
Uçraşuv dunyoning birinçi raqamli tennisçisi Sinnerning 6/4, 6/4, 6/4 hisobidagi işonçli ğalabasi bilan yakunlandi. Jokoviç esa musobaqada 7-raqam ostida tasniflangan edi.
Endi Sinner çempionlik uçun germaniyalik Aleksandr Zverevga qarşi kortga çiqadi. Final bahsi ertaga, 12 iyul kuni bölib ötadi.
24 yoşli Yannik Sinner hozirgi kunda ATP reytingi peşqadami hisoblanadi. U faoliyati davomida ATPning yakkalik bahslarida 29 ta çempionlikni qölga kiritgan. Italiyalik tennisçi tört karra “Katta dubulğa” turniri ğolibi bölib, “Avstraliya oçiq çempionati”da ikki marta (2024, 2025), “US Open”da bir marta (2024) va “Uimbldon”da bir marta (2025) zafar quçgan. Şuningdek, u Italiya terma jamoasi bilan 2023 va 2024 yillarda Devis kubogini qölga kiritgan.
39 yoşli Novak Jokoviç ATP reytingida sakkizinçi örinni egallab turibdi. Serbiyalik tennisçi faoliyati davomida ATP yakkalik bahslarida 101 ta çempionlikni qölga kiritgan. Şulardan 24 tasi “Katta dubulğa” turnirlari bölib, bu erkaklar yakkalik bahslari tarixidagi eng yaxşi natija hisoblanadi. U 2024 yilgi Olimpiya öyinlari çempioni, 2008 yilgi Olimpiya öyinlari bronza medali sohibi hamda 2010 yilgi Devis kubogi ğolibidir. Şuningdek, Jokoviç dunyo birinçi raqamli tennisçisi sifatida 428 hafta ötkazgani bilan ham rekord örnatgan.
Malumot uçun, “Uimbldon” mavsumning uçinçi “Katta dubulğa” turniri hisoblanadi. Musobaqa maysa qoplamali kortlarda ötkaziladi va ertaga, 12 iyul kuni yakunlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 64,2 million funt sterlingni taşkil etadi.