USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sobolenko va Jokoviç “US Open” musobaqasida juftlikda öynaydi

100 марта
Соболенко ва Жокович “US Open” мусобақасида жуфтликда ўйнайди

Dunyoning 1-raqamli tennisçisi, belaruslik Arina Sobolenko hamda sobiq jahonning 1-raqamli tennisçisi, 24 karra “Katta dubulğa” ğolibi serbiyalik Novak Jokoviç “US Open” musobaqasida aralaş juftlik bahslarida birga öynaydi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.

Sportçilar musobaqaning asosiy törida iştirok etadi. 28 yoşli Sobolenko 2024 yil oktyabr oyidan buyon WTA reytingida yetakçilik qilib kelmoqda. Belaruslik tennisçi faoliyati davomida 24 ta WTA turnirida yakkalik bahslarida çempionlikni qölga kiritgan.

Sobolenko tört marta “Katta dubulğa” turnirlarida ğolib bölgan. U Avstraliya Oçiq çempionatida 2023 va 2024 yillarda, AQŞ Oçiq çempionatida esa 2024 va 2025 yillarda çempionlikni qölga kiritgan. Juftlik bahslarida ham muvaffaqiyatga erişgan Sobolenko 2019 yilda “US Open”, 2021 yilda esa “Australian Open” turnirida ğolib çiqqan.

39 yoşli Novak Jokoviç ayni vaqtda ATP reytingida 5-örinni egallab turibdi. Serbiyalik tennisçi faoliyati davomida 101 ta ATP turnirida çempion bölgan. Uning 24 ta “Katta dubulğa”dagi ğalabasi erkaklar örtasidagi yakkalik bahslarida rekord hisoblanadi.

Jokoviç 2024 yil Parij Olimpiadasida oltin medalga, 2008 yil Pekin Olimpiadasida bronza medaliga sazovor bölgan. Şuningdek, u 2010 yilda Serbiya terma jamoasi bilan Devis kubogida ğolib çiqqan.

Serbiyalik tennisçi dunyoning birinçi raqamli tennisçisi maqomida eng köp – 428 hafta bölgani bilan ham rekordçi hisoblanadi.

Malumot uçun, “US Open” mavsumdagi törtinçi va sönggi “Katta dubulğa” turniri hisoblanadi. 2026 yilgi musobaqa 30 avgustdan 13 sentyabrga qadar Nyu-Yorkda ötkaziladi. Turnirning umumiy sovrin jamğarmasi 90 million dollarni taşkil etadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: