Jokoviç faoliyatini yakunlaşga yaqin qolganini aytdi
24 ta “Katta dubulğa” turniri ğolibi, serbiyalik tennisçi Novak Jokoviç faoliyatini yakunlaş lahzasiga har qaçongidan ham yaqinroq ekanini aytdi. Bu haqda u Nyu-Yorkda bölib ötgan “Fanatics Fest” tadbirida malum qildi.
“Men hali ham eng yuqori darajada raqobatlaşa olişimni his qilyapman. Ammo faoliyatimni yakunlaydigan vaqt, şubhasiz, har qaçongidan ham yaqinroq. Andre Agassi bir paytlar faoliyatining qaçon tugaşini bilmasligini, biroq bu sodir bölganda hammasi juda tez yuz berişini aytgandi. Menimça, u haq edi. Bazi sportçilar çöqqida turgan paytida ketişni istaydi, boşqalari esa tanasi endi yuklamalarga bardoş bera olmaganda. Yana şunday sportçilar ham borki, ular dunyoning eng kuçli öyinçilariga endi munosib qarşilik körsata olmasligini anglagaç faoliyatini yakunlaydi. Men esa hozirça hali ham öynay olayotganimdan zavqlanişga harakat qilyapman”, deydi Jokoviç.
39 yoşli Jokoviç ayni paytda Tennis böyiça professional tennisçilar assotsiatsiyasi (ATP) reytingida 7-örinni egallab turibdi. U yakkalik bahslarida ATP tasnifidagi 101 ta turnirda ğolib çiqqan, şundan 24 tasi “Katta dubulğa” musobaqalari bölib, bu erkaklar örtasidagi yakkalik bahslarida mutlaq rekord hisoblanadi.
Malumot uçun, Jokoviç 2024 yilgi Olimpiya öyinlari çempioni, 2008 yilgi Olimpiada bronza medali sovrindori hamda 2010 yilgi Devis kubogi ğolibi hisoblanadi. Şuningdek, u dunyoning birinçi raketkasi sifatida 428 hafta davomida yetakçilik qilgan mutlaq rekord sohibidir.