6 yildan söng opa-singil Uilyamslar juftlik bahslarda iştirok etadi
AQŞlik maşhur tennisçi opa-singillar Serena va Venus Uilyams joriy yilning 13-23 avgust kunlari Sinsinnati şahrida bölib ötadigan WTA 1000 turnirining juftliklar bahslarida iştirok etadi. Bu haqda musobaqaning X ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida malum qildi.
Opa-singil Uilyamslar sönggi marta 2022 yilgi “US Open” turnirida juftlik bahslarida birga iştirok etgan. Öşanda ular ilk bosqiçda çexiyalik Lyusi Gradetska va Linda Noskovaga mağlub bölgandi.
Ular 2026 yilgi Uimbldon turnirida ham birga qatnaşişi rejalaştirilgan edi. Biroq, Serena Uilyamsning jarohati sababli musobaqadan çiqişga majbur bölgan.
Malumot uçun, hozirda 44 yoşli Serena va 46 yoşli Venus Uilyams faoliyati davomida juftlik bahslarida 14 marta “Katta dubulğa” turnirlari ğolibi bölgan. Şuningdek, ular uç karra Olimpiya çempionlari hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning birinçi raketkasi Kamilla Rahimova Torontoda ötayotgan WTA 1000 toifasidagi turnirining birinçi bosqiçida Vinus Uilyamsni mağlub etgandi.