Jokoviç tennisda qoidalarni özgartirişni taklif qildi
24 karra “Katta dubulğa” turniri ğolibi Novak Jokoviç tennis öyinlari formatiga özgartiş kiritiş taklifini ilgari surdi. Bu haqda Jokoviç “Punto de Break” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
“Biz hisob tizimini özgartirişimiz kerak. Har bir set 6 ta geymgaça emas, 4 ta geymgaça öynalsa. Balki hal qiluvçi oçko qoidasini joriy etib, uçraşuvlarni uç setlik formatda qoldiriş mumkin. Öyinlar ikki soatdan kam vaqt davom etişi kerak. Menimça, bu barça uçun eng yaxşi yeçim böladi”, deydi Jokoviç.
Avvalroq, serbiyalik tennisçi AQŞda bölib ötadigan “Cincinnati Masters” turnirida iştirok etişini tasdiqlagan edi. Musobaqa joriy yilning 13-23 avgust kunlari ötkaziladi.
Jokoviç uşbu turnirda sönggi marta 2023 yilda iştirok etgan va finalda ispaniyalik Karlos Alkarasni mağlub etgan. Serbiyalik yulduz faoliyati davomida “ Cincinnati Masters” turnirida uç marta – 2018, 2020 va 2023 yillarda çempionlikni qölga kiritgan.