Ronaldu va Messi birga öynaşi mumkin
Argentina terma jamoasining sobiq futbolçisi Karlos Teves faoliyatidagi xayrlaşuv öyinini “Boka Xuniors”ning “La Bombonera” stadionida ötkazişni rejalaştirmoqda. Unda Lionel Messi va Kriştianu Ronaldu ham iştirok etişi mumkin. Bu haqda “BolaVIP” naşri xabar berdi.
Malum bölişiça, Teves dunyo futbolida birga öynagan sobiq jamoadoşlari va döstlaridan iborat katta röyxatni tuzmoqda. Ular orasida Messi, Ronaldu, Ueyn Runi, Andrea Pirlo, Edvin van der Sar, Rio Ferdinand, Nemanya Vidiç, Patris Evra va boşqa yulduzlar bor. Endilikda uşbu futbolçilar bilan birgalikda Teves körgazmali xayrlaşuv uçraşuvi ötkazmoqçi. Öyin joriy yilning 19 dekabr kuni ötkazilişi reja qilingan.
ESPN’ga bergan intervyusida Teves ikki futbolçini xayrlaşuv öyinida bir jamoaga jamlaş niyati borligini aytgan.
Malumot uçun, Teves 2022 yilda professional futboldagi faoliyatini yakunlagan. U Messi bilan Argentina terma jamoasida, Ronaldu bilan esa “Mançester Yunayted”da birga öynagan.