Jeymi Vardi Angliya futboliga qaytdi
Angliya çempioni Jeymi Vardi Angliya futboliga qaytdi. 39 yoşli hujumçi “Byornli” bilan mavsum oxiriga qadar şartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Byornli”ga qöşilganimdan juda xursandman. Bu klub boy futbol tarixiga va özini hamda şaharni munosib ifoda etadigan jamoaga loyiq bölgan işqibozlarga ega. Maydonga çiqib, jamoaning töğri yönalişda harakatlanişiga yordam berişni intiqlik bilan kutyapman”, deydi Vardi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Malumot uçun, Vardi ötgan mavsumni Italiyaning “Kremoneze” klubida ötkazib, A Seriyada 29 ta öyinda 7 ta gol urgan. Jamoa mavsum yakunida quyi divizionga tuşib ketgaç, futbolçi erkin agentga aylangan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning avgust oyidan buyon 18 yoşli qozoğistonlik hujumçi Dastan Satpayev ham “Byornli”da “Çelsi”dan ijara asosida töp tepmoqda. Klub mavsumni omadsiz boşladi va dastlabki beş uçraşuvdan söng 2 oçko bilan Çempionşip jadvalining sönggi poğonasida bormoqda.