Rodri jamoadoşining burnini sindirib qöydi
Keça, 6 sentyabr kuni “Barselona” himoyaçisi Erik Garsiya Ispaniya çempionatining “Valensiya”ga qarşi öyinida (5:0) yana burnini sindirib oldi. Bu haqda “Sport.es” naşri xabar berdi.
Hodisa uçraşuvning 25-daqiqasida jarima maydoni içidagi töqnaşuv vaqtida yuz berdi. “Barselona”ning yangi yarim himoyaçisi Rodri tasodifan boşi bilan 25 yoşli Garsiyaning yuziga zarba berdi. Öşa paytda himoyaçi jamoadoşining ortida turgan edi.
Zarba natijasida Garsiyaning burnidan qon ketdi va u uçraşuvni davom ettira olmadi. Jamoa murabbiylar ştabi uning örniga Jyul Kundening tuşirdi. Şifokorlar futbolçining burni singanini tasdiqladi. Hozirda klub mutaxassislari Garsiyaga jarrohlik amaliyoti zarur yoki zarur emasligini baholamoqda.
Bu Garsiyaning bunday jarohat bilan ilk bor töqnaş kelişi emas. 2025 yil noyabr oyida u Çempionlar ligasida “Bryugge”ga qarşi uçraşuvda ham burnini sindirgan. Öşanda jarrohlik amaliyoti talab etilmagan.
Malumot uçun, Garsiya 2026-2027 yilgi mavsumda “Barselona” safida 3 ta uçraşuvda maydonga tuşdi.