FIFA argentinalik futbolçilarning harakatlari yuzasidan tekşiruv boşladi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Jahon çempionati finalida Ispaniyaga qarşi öyindan keyin Argentina terma jamoasi futbolçilarining xatti-harakatlarini tekşirişni boşladi. Bu haqda EFE naşri xabar berdi.
Final uçraşuvi qöşimça bölimlarda Ispaniyaning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Öyindan söng argentinalik Leandro Paredes avval himoyaçi Erik Garsiyaning böynidan uşlab, söng yarim himoyaçi Gavini turtib yubordi.
Keyinçalik uni Argentina terma jamoasi futbolçilari tinçlantirişdi.
Yana bir bahsli holatda Argentina himoyaçisi Nauel Molina Ispaniya yetakçisi Rodri ğalabani nişonlayotgan paytda uni yiqitişga uringani aytilmoqda. Şuningdek, Argentina terma jamoasi murabbiylaridan biri Roberto Ayala Ispaniya futbolçisi Dani Olmoning yuziga muşt tuşirişga uringan.
Bundan taşqari, Ispaniya terma jamoasini taqdirlaş marosimi vaqtida Argentina futbolçilari ğoliblarga yuz ögirişdi. Ular tribuna tomon yöl olib, öz muxlislariga qöllab-quvvatlaganliklari uçun minnatdorçilik bildirişdi.
Şu bilan birga, Ispaniya terma jamoasi kumuş medallarni qabul qiliş uçun şohsupaga kötarilayotgan argentinalik futbolçilarni hurmat ramzi sifatida yölakçada saf tortib kutib oldi.