Paredes öyindan söng janjal çiqardi
Argentina terma jamoasi yarim himoyaçisi Leandro Paredes 2026 yilgi Jahon çempionati finalidan söng Ispaniya futbolçilari bilan janjallaşib qoldi.
Uçraşuv qöşimça vaqtda Ispaniyaning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Şu tariqa ispaniyaliklar öz tarixida ikkinçi bor Jahon çempionligini qölga kiritdi.
Öyindan keyin Paredes avval himoyaçi Erik Garsiyaning böynidan uşlab, söng yarim himoyaçi Gavini itarib yubordi. Voqeadan keyin Argentina terma jamoasi futbolçilari uni tinçlantirişga harakat qildi.
Final uçraşuvi AQŞning Nyu-Jersi ştati, Şarqiy Rezerford şahrida bölib ötdi. Öyindagi yagona golni Ferran Torres 106-daqiqada kiritdi. Ana şu gol Ispaniyaga ğalaba va 2026 yilgi Jahon çempionati boş sovrinini taqdim etdi.