Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati ğolibi böldi.
Finalda ispanlar Argentina terma jamoasini qöşimça vaqtda 1:0 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv AQŞning Nyu-Jersi ştatidagi Şarqiy Rezerford şahrida bölib ötdi.
Yagona golni Ferran Torres 106-daqiqada kiritdi.
Şu tariqa, Ispaniya öz tarixida ikkinçi marta Jahon çempionligiga erişdi. Ispanlar avvalgi bor 2010 yilda finalda Niderlandiyani 1:0 hisobida mağlub etib, çempionlikni qölga kiritgan edi.
Bu Argentina uçun Jahon çempionatlari tarixidagi yettinçi final böldi. Jamoa şu kungaça uç marta çempion (1978, 1986, 2022) bölgan bölsa, tört marta (1930, 1990, 2014, 2026) finalda mağlubiyatga uçradi.
2026 yilgi Jahon çempionati 11 iyundan 20 iyulga qadar AQŞ, Kanada va Meksikada ötkazildi. Musobaqa tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa iştirok etdi.